Fidbol.net

Ronaldu: "Men kuchli depressiyadan aziyat chekdim"

Tahririyat 4
Ronaldu: "Men kuchli depressiyadan aziyat chekdim"

"Faoliyatni yakunlashga qaror qilganingda, bu goʻyo yaqin insonlaringdan kimdir vafot etgandek tuyuladi. Men juda kuchli depressiyadan aziyat chekdim, sezilarli darajada vazn ortirdim. Katta futboldan ketish juda qiyin boʻldi. Boshqa maydonga tushmasligim haqidagi fikr chidab boʻlmas edi.

Vaqt oʻtishi bilan hayotda boshqa ishlar ham borligini va oʻzingni qaytadan tiklashing mumkinligini anglaysan. Biroq boshqa musobaqalarda qatnashmasligim haqidagi oʻy meni hali uzoq vaqt tark etmadi", – deya Ronalduning soʻzlarini keltiradi Mundo Deportivo Football Legends Talks podkastiga tayanib.

Ronaldu faoliyatini 2011 yilda yakunlagan. U klub miqyosida "Kruzeyro", PSV, "Barselona", "Real Madrid", "Inter", "Milan" va "Korintians" kabi jamoalarda toʻp surgan. Hujumchi klubdagi faoliyati davomida jami 499 ta uchrashuvda maydonga tushib, 330 ta gol va 83 ta assist qayd etgan. Shuningdek, hujumchi Braziliya termasi safida 99 ta oʻyinda harakat qilib, 62 ta gol va 32 ta assist qayd etgan. U terma jamoa safida ikki marta JChda gʻalaba qozongan.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring