"Real" Bernardu Silva bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi
U "Manchester Siti" bilan tuzilgan shartnoma muddati tugagach, faoliyatini Madridda davom ettiradigan boʻldi.
Silva va "Real" 2028 yilning yoziga qadar moʻljallangan shartnomaga imzo chekdi.
Avvalroq OAV futbolchining "Real"dagi yillik maoshi 20 million evroni tashkil etishi haqida xabar bergan edi. Shuningdek, oʻyinchi 10 million evro miqdorida imzo bonusi oladi, uning agenti Jorje Mendesh va otasi esa yana 10 million evro komissiya toʻloviga ega boʻladi.
Oʻtgan mavsumda yarim himoyachi "Manchester Siti" safida barcha turnirlarda 53 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2017 yildan buyon ingliz klubida toʻp surgan futbolchi jami 19 ta sovrinni, shu jumladan 6 ta APL tituli va Chempionlar Ligasini qoʻlga kiritgan.
Manba: championat.asia
Izohlar 0