Kurtua "Real"dagi kelajagi haqida gapirdi
Tahririyat
•
•
3
11 may kuni belgiyalik darvozabon 34 yoshga toʻldi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yil 30 iyunga qadar moʻljallangan.
“Mening kelajagim? 30 yoshga toʻlganingda, "Real"da shartnomalar faqat bir yilga uzaytiriladi. Shuning uchun men bu borada mutlaqo xotirjamman. Agar men avvalgidek oʻynashda davom etsam, uzaytirish muammo boʻlmaydi. Ammo "Real" — elita darajasidagi klub. Qachondir ular mening oʻrinbosarim haqida oʻylashlariga toʻgʻri keladi”, — dedi Kurtua.
Kurtua 2025/26 yilgi mavsumda 45 ta oʻyinda maydonga tushib, 43 ta gol oʻtkazib yubordi. U 17 uchrashuvda “nol”ga oʻynadi. Transfermarkt darvozabonning qiymatini 15 million evroga baholamoqda.
Manba: championat.asia
Jamoalar
Izohlar 0