Fidbol.net

"RB Leyptsig" "Liverpul"ning 100 mln evrolik taklifini rad etdi — Romano

Tahririyat 5
"RB Leyptsig" "Liverpul"ning 100 mln evrolik taklifini rad etdi — Romano

Bu haqda insayder Fabritsio Romano oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida xabar berdi.

Manbaning bergan ma'lumotiga koʻra, nemis klubi futbolchi sotuvidan kamida 120 mln evro ishlab olishni rejalashtirmoqda va uni hozircha tarkibda saqlab qolishdan umid uzgani yoʻq.

Shuningdek, "RB Leyptsig" rahbariyati ushbu futbolchi uchun kurashda raqobat yanada kuchayishini kutmoqda. Ayni damda Diomandega "Pari Sen-Jermen" va Evropaning bir qator boshqa grand klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Yakunlangan mavsumda Diomande barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda qatnashib, 13 ta gol va 10 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar moʻljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma'lumotlarga koʻra, futbolchining bozor qiymati 90 mln evroni tashkil etadi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring