Fidbol.net

Rasman: OKMK xorvatiyalik futbolchi bilan shartnoma tuzdi

Tahririyat 5
Rasman: OKMK xorvatiyalik futbolchi bilan shartnoma tuzdi

Oʻtgan mavsumni Ruminiyada oʻtkazgan xorvatiyalik vinger Ivan Peshich faoliyatini endilikda OKMK safida davom ettiradi.

Ivan Peshich professional faoliyati davomida Evropaning bir qator klublari safida toʻp tepgan. U Xorvatiyaning U-19 terma jamoasi safida harakat qilgan boʻlib, Ruminiyaning «Dinamo» (Buxarest) va «Kindiya» (Tirgovishte), Ukrainaning «Vorskla» (Poltava) hamda Belarusning «Dinamo» (Minsk) klublari sharafini himoya qilgan.

Shuningdek, futbolchi Qozogʻistonning «Shaxtyor» (Karaganda), «Kaspiy» (Aktau) va «Qaysar» jamoalari safida ham muvaffaqiyatli toʻp tepgan.

Klub va 1992 yilda tugʻilgan xorvatiyalik vinger Ivan Peshich oʻrtasida joriy mavsum yakuniga qadar amal qiladigan mehnat shartnomasi imzolandi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring