PSJ Yan Diomandeni nima sababdan sotib olishga boʻlgan urinishlardan voz kechganini tushuntirdi
Avvalroq jurnalist Fabritsio Romano futbolchi "Real" oʻyinchisiga aylanishi va yaqin vaqt ichida Madrid klubida tibbiy koʻrikdan oʻtishi haqida xabar bergan edi.
"Bugun oqshom "Pari Sen-Jermen" rasman oʻz niyatlaridan voz kechdi va Yan Diomande boʻyicha barcha muzokaralarni toʻxtatdi. Soʻralayotgan transfer summasi, shuningdek maosh boʻyicha talablar mutlaqo nomutanosib edi va bozorni beqarorlashtirishi mumkin edi. PSJ oʻzining qatiy moliyaviy boshqaruv va tarkib muvozanati printsiplaridan voz kechmaydi. Chempionlar ligasining ikki karra gʻolibi va soʻnggi yillarning eng sovrindor klubi boʻlmish "Pari Sen-Jermen" inflyatsion oʻyinlarga yoki ayrim vositachilarning nayranglariga uchib ketmaydi. Klub transfer bozoridagi oʻz strategiyasini xotirjam va ishonch bilan davom ettiradi", — deya Frantsuz klubining bayonotini "Marca" keltiradi.
Yakunlangan mavsumda Diomande barcha turnirlarda 36 ta oʻyinda maydonga tushib, 13 ta gol va 10 ta golli uzatmani oʻz hisobiga yozib qoʻydi. "Transfermarkt" portali ma'lumotiga koʻra, futbolchining bozor qiymati 90 million evroni tashkil etadi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0