Portugaliya termasida bir nafar futbolchidan boshqa barcha Oʻzbekistonga qarshi maydonga tushishga tayyor
Tanqidchilar 41 yoshli hujumchining maydondagi faolligi pasayganini aytishayotgan boʻlsa-da, murabbiy uning jamoa uchun ahamiyatini yuqori baholadi.
"Krishtianu — oʻz ishiga toʻliq sodiq inson," — dedi u. "Tezroq tiklanish, oʻyinga tayyorgarlik koʻrish va mashgʻulot oʻtash borasida u barchamiz uchun eng katta namunadir. Bu uning oltinchi Jahon chempionati va u uzoq vaqtdan beri oʻz vatani uchun kurashib kelmoqda. Men hozircha asosiy tarkibni ayta olmayman, chunki bu haqda hali oʻz futbolchilarimga ma'lum qilganim yoʻq."
Portugaliya uchun ijobiy yangilik shundaki, jarohati sabab birinchi oʻyinni oʻtkazib yuborgan himoyachi Ruben Diash toʻliq sogʻaydi va mashgʻulotlarga qaytdi. Martinesning ma'lum qilishicha, Tomas Araukhodan tashqari barcha futbolchilar Oʻzbekistonga qarshi bahsga tayyor.
Manba: championat.asia
Izohlar 0