Paulu Barboza: "Oʻzbekiston kuchsizlik qildi"
Taniqli portugaliyalik futbol agenti Paulu Barboza Metaratings.ru saytiga bergan intervyusida JCh-2026 guruh bosqichi 2-turidan oʻrin olgan, Xyustonda boʻlib oʻtgan va Portugaliya terma jamoasining Oʻzbekiston ustidan 5:0 hisobidagi yirik gʻalabasi bilan yakunlangan uchrashuv haqida oʻz fikrlarini bildirdi.
Gʻoliblar tarkibida jamoa sardori Krishtianu Ronaldu dublga erishgan boʻlsa, Rafael Leau va Nunu Mendesh bittadan gol muallifiga aylanishdi. Shuningdek, Abduvohid Ne'matov oʻz darvozasini ishgʻol qilib qoʻydi. Ushbu gʻalaba evaziga Portugaliyalar oʻz ochkolarini 4 taga etkazib, soʻnggi tur oldidan "K" kvarteti turnir jadvalida peshqadamlikni qoʻlga kiritishdi.
— Bugun biz Kongo bilan oʻyinga qaraganda biroz yaxshiroq harakat qildik, ammo Oʻzbekiston kuchsizlik qildi, — deya ta'kidladi Barboza.
— Ular avvalgi uchrashuvdagidan koʻra zaifroq oʻyin koʻrsatishdi. Bu gʻalaba Kolumbiya bilan bahs oldidan bizni birinchi oʻringa olib chiqdi, biroq men katta xulosalar chiqarishga shoshilmagan boʻlardim. Kolumbiya bilan oʻyinda bunchalik oson boʻlmaydi, chunki bu mutlaqo boshqa daraja. Nima boʻlgan taqdirda ham, gʻalaba qozonganimiz yaxshi boʻldi. Ronaldu ikkita gol urdi, bu hujumchi uchun juda ijobiy holat. Bizda hujum chizigʻida turli xil variantlar mavjud.
Manba: championat.asia
Izohlar 0