Pedri "Barselona"ning chempionligi haqida: "Bu gʻalaba Flikning otasiga ham bagʻishlanadi"
Tahririyat
•
•
12
10 may kuni ertalab nemis murabbiyining otasi vafot etgandi.
"Barselona" La Liganing 35-turida "Real"ni 2:0 hisobida magʻlub etib, chempionlikni muddatidan oldin qoʻlga kiritdi.
"Bu erda, "El Klasiko"da gʻalaba qozonishni xohlagandik va bu tarixda qoladi. Biz juda yaxshi oʻyin koʻrsatdik. Bunaqasi tarixda kuzatilmagandi. Bu juda goʻzal. Endi oilamiz va muxlislar bilan nishonlash vaqti keldi, chunki bu har kuni ham sodir boʻlavermaydi.
Biz buni (gʻalabani) Flik uchun va unga hamdarlik ma'nosida qilishni juda xohlagandik. Bu gʻalaba uning otasiga ham bagʻishlanadi", – dedi Pedri.
Manba: championat.asia
Jamoalar
Izohlar 0