"Paxtakor"ga tez orada yangi hujumchi kelib qoʻshiladi
"Paxtakor" bosh murabbiyi Kamoliddin Tojiev kecha "Bunyodkor"ga qarshi oʻyindan soʻng yangi hujumchi olinishi haqida fikr bildirdi.
"Hujumchi masalasida aytadigan boʻlsam, uzogʻi bilan 3-4 kunda yana bitta yangi hujumchi jamoaga qoʻshiladi. Bu masala aniq boʻldi. Endi, bilasiz, barcha jamoalar ham bizga qarshi ochiq futbol oʻynayvermaydi. Baribir shuning hisobiga ham kam golli vaziyatlar yuzaga kelmoqda. Biroq vaziyatlar bor. Agar vaziyatlar mutlaqo boʻlmaganida, xavotir oʻrinli boʻlardi. Vaziyatlarimiz bor, faqat ulardan foydalanishimiz kerak. Xudo xohlasa, yaqin 3-4 kun ichida yangi oʻyinchi kelib qoʻshiladi",- deydi "sherlar" ustozi.
Matbuot anjumanini toʻliq qismini videoda tomosha qilishingiz mumkin.
Manba: championat.asia
Izohlar 0