Nosir Abdusalomov: "Bu bor imkoniyatimiz emas, salohiyatimiz ancha yuqori, faqat..."
"Bunyodkor" – "Paxtakor" qarama-qarshiligi azaldan markaziy oʻyin maqomida boʻlib kelgan. Maydonda bor kuchimizni berib oʻynadik. Gʻalaba qozonishga harakat qildik, ammo qaysidir vaziyatda biroz omad etishmadi", – deydi Nosir Abdusalomov.
— Mavsum restartidan keyingi ketma-ket uchinchi magʻlubiyat...
— Ruhiy tomondan tayyorlanish qiyin boʻlyapti. 6 oylab maosh olmaslik oson emas. Shunga qaramay, jamoa a'zolari oʻz ishini sidqidildan bajarishga harakat qilishyapti.

— Bu "Bunyodkor"ning hozirgi bor salohiyatimi?
— Salohiyatimiz bundan ancha yuqori. Agar ushbu qiyin vaziyatdan chiqib ketilsa, kimdir klubga yordam bersa, bundan ham mazmunliroq oʻyin koʻrsata olamiz.
Manba: championat.asia
Izohlar 0