Ne'matillo Qutiboev: "Ikki kundan beri Qoraqalpogʻistonda futbol bayrami boʻlmoqda"
Oʻyin haqida
- Ikki kundan beri Qoraqalpogʻistonda futbol bayrami. Kecha "Jayxun", bugun biz. Bunday oʻyindan keyin nima deyishni ham bilmaysiz. Standart vaziyatlardan gollar boʻldi. Tezkor golimizdan keyin raqib turib qolgandek boʻldi. Yigitlarni tabriklayman. Muxlislarimizni tabriklayman. Ularga rahmat.
- Legionerlarimiz keyingi oʻyinlarga 100% tayyor boʻla oladimi?
Yoʻq, ular koʻp mashgʻulotlarni oʻtkazib yubordi. Kubok oʻyinlari orqali legionerlarni formasini tiklab olamiz.
- Kubok oʻyinlarida raqiblarimiz kuchliroq. Oʻzbekiston kubogida qanday maqsad oldinga qoʻyilgan?
- Pro ligada ettita tur ortda qoldi. Bizda asosiy ogʻirlik 12-13 futbolchiga tushdi. Ularga kubok oʻyinlarida dam berishga harakat qilamiz. Kamida qoʻqonliklarga qarshi uchrashuvda. Jarohatdan chiqqanlarga imkoniyat beramiz. Kubok ham biz uchun muhim, ammo hozirgi vaziyatimiz shunday.
Manba: championat.asia
Izohlar 0