"Neftchi" safida yoʻqotishlar bor
“Abrorbek Ismoilov “Buxoro”ga qarshi bahsda oʻng qovurgʻasidan jarohat oldi. Tibbiy tekshiruvlar xulosasiga koʻra, himoyachi taxminan bir oy davomida davolanish va tiklanish jarayonida boʻladi.
Asilbek Jumaev “Soʻgʻdiyona”ga qarshi uchrashuvda oʻng tizzasidan jarohat olganiga qaramay, haqiqiy xarakter namoyish etib, “Navbahor”ga qarshi vodiy derbisida ham jamoasiga yordam berish uchun maydonga tushdi.
Tibbiy xulosaga koʻra:
oʻng tizza boʻgʻimi va sonning pastki qismi lat egan;
oʻng tizza boʻgʻimida posttravmatik gemartroz aniqlangan.
Zarur tibbiy muolajalar amalga oshirildi, MRT tekshiruvi tayinlandi. Futbolchining taxminiy tiklanish muddati 7–10 kun etadi.
Yovan Jokich esa “Navbahor”ga qarshi uchrashuv oldidan chigalyozdi mashgʻulotlari vaqtida avvalgi oʻng axill payi jarohatini qayta his qildi. Batafsil tekshiruvlardan soʻng Axill payidagi muammo jarrohlik yoʻli bilan davolanishi belgilandi.
Tajribali legioner yaqin kunlarda Evropada jarrohlik amaliyotini oʻtaydi. Rejaga koʻra, u 3–4 oy davom etadigan tiklanish jarayonidan soʻng mashgʻulotlarga qaytadi” - deyiladi “Neftchi” bayonotida.
Manba: championat.asia
Izohlar 0