Fidbol.net

"Navbahor" Kati bilan xayrlashdi

Tahririyat 1
"Navbahor" Kati bilan xayrlashdi

"Ikkinchi davraga qizgʻin tayyorgarlik koʻrayotgan jamoamiz safida bir qator oʻzgarishlar amalga oshishi kutilmoqda. Jumladan, mavsum avvalida jamoamiz safiga Kongo DRdan kelib qoʻshilgan hujumchi Katulondi Kati bilan ikki tomonning kelishuviga koʻra, doʻstona xayrlashildi.

Katulondi Kati jamoamiz safida 10 ta oʻyinda maydonga tushib, 550 daqiqa harakat qilib, bitta gol urdi hamda ikki marta ogohlantirildi.

Biz Katulondi Katiga jamoamiz safida oʻtkazgan oʻyinlari uchun minnatdorchilik bildirib,  uning kelgusi faoliyatida omad va zafarlar tilab qolamiz", - deyilgan namanganliklar matbuot xizmati taqdim etgan xabarda.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring