Fidbol.net

Myuller «Shalke»ning Bundesligaga qaytishiga baho berdi

Tahririyat 1
Myuller «Shalke»ning Bundesligaga qaytishiga baho berdi

«Bavariya»ning sobiq hujumchisi, hozirda «Vankuver Uaytkeps» safida to‘p surayotgan Tomas Myuller «Shalke-04»ning o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Bundesligaga qaytishiga munosabat bildirdi.

«Shalke»ning Bundesligaga qaytganidan xursandman. Futbolchi sifatida ularning stadionida maydonga tushish men uchun doimo alohida voqea bo‘lgan. U yerdagi hissiyotlarga boy muhit futbol Rur mintaqasi aholisi uchun qanchalik muhim ekanini yaqqol ko‘rsatadi. Men «Shalke»dan katta muvaffaqiyatlar kutmayapman. Ularning asosiy maqsadi ligada qolish bo‘ladi», — deya Myullerning so‘zlarini Sport Bild keltiradi.

2026/27 yilgi Bundesliganing 1-turida «Shalke-04» 30 avgust kuni safarda «Augsburg»ga qarshi maydonga tushadi.

Manba: stadion.uz

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring