Fidbol.net

"MYU" APL startini yaxshi boshlamadi

Tahririyat 35
"MYU" APL startini yaxshi boshlamadi

"Manchester Yunayted" Angliya Premyer-ligasining dastlabki uch turida faqat bitta g‘alaba qozondi.

Maykl Karrik jamoasi "Everton" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Manchesterliklar 96-daqiqada gol o‘tkazib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi.

"MYU" mavsumni "Xall"ga qarshi 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshlagan edi. Keyin jamoa "Ipsvich"ni 5:2 hisobida yirik mag‘lub etdi, endi esa "Everton" bilan ochkolarni bo‘lishib oldi.

Shu tariqa, uch turdan keyin "Manchester Yunayted" 4 ochko jamg‘argan. Jamoa hisobida bitta g‘alaba, bitta durang va bitta mag‘lubiyat bor.

Manba: stadion.uz

O'yin haqida

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring