Fidbol.net

MLS. Oʻnta gol urilgan uchrashuvda "Inter Mayami" qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi

Tahririyat 8
MLS. Oʻnta gol urilgan uchrashuvda "Inter Mayami" qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi

Uchrashuv 6:4 hisobida mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Uchrashuvning birinchi boʻlimida muxlislar jami 8 ta gol guvohi boʻlishdi va boʻlim 4:4 hisobida yakunlandi. Birinchi boʻlimda mezbonlar 1:3 hisobida magʻlub boʻlayotgandi. Ikkinchi boʻlimda Messi boshchiligidagi "Inter Mayami" raqib darvozasiga yana ikkita gol urdi va hisobni 6:4 koʻrinishga keltirib qoʻydi.

Uchrashuvda Luis Suares uchta gol urishga erishgan boʻlsa, Messi oʻz hisobiga ikkita assist yozib qoʻydi.

"Inter Mayami" "Filadelfiya" 6:4 (4:4)

Gollar: Xerman Berterame 41, 13, Luis Suares 81, 44, 29, Rodrigo De Paul 90+3 - Milan Iloski 45+8 (Pen.), 10 (Pen.), 3, Bruno Damiani 20.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring