Saloh: "Biz "Liverpul"ni loyiq boʻlgan joyiga qaytardik. Jamoani tark etish ogʻir"
Shuningdek, u jamoa himoyachisi Endryu Robertsonning ketishi haqida ham fikr bildirdi.
Saloh va Robertson APLning 38-turidan oʻrin olgan "Brentford"ga qarshi oʻyinni (1:1) asosiy tarkibda boshlashdi va ikkinchi boʻlim oxirida zaxiraga olinishdi.
Yakuniy hushtak chalinganidan keyin muxlislar "You'll Never Walk Alone" qoʻshigʻini kuylashayotganda misrlik futbolchi koʻz yoshlarini tiya olmadi.
"Menimcha, bugun hayotimdagi eng koʻp yigʻlagan kunim boʻldi. Aslida unchalik ta'sirchan yigit emasman. Lekin bu erda yoshligimiz oʻtdi, boshidan oxirigacha hamma narsani birga baham koʻrdik. Endi Robertsonni hamma yaxshi koʻradi, u maydonda doim bor kuchini berib oʻynardi. Biz ushbu klubni boʻlishi kerak boʻlgan joyiga qaytardik.
"Liverpul"ni tark etish ogʻir. Robertson jamoa uchun va biz birgalikda boshdan kechirgan davr uchun juda muhim inson edi. Bir kiyinish xonasini baham koʻrganimizdan juda ham baxtiyorman", — deya Salohning soʻzlaridan iqtibos keltiradi ESPN.
Saloh va Robertson 2017 yildan buyon "Liverpul" tarkibida toʻp surib kelishayotgan edi. Ular klub bilan ikki bor mamlakat chempionligi, Angliya Kubogi va Superkubogi, Chempionlar Ligasi, UEFA Superkubogi sohibi boʻlishgan hamda ikki marta Angliya liga Kubogida zafar quchishgan.
Manba: championat.asia
Izohlar 0