Fidbol.net

MLS Messining diskvalifikatsiya qilinishi masalasi boʻyicha qaror qabul qildi

Tahririyat 2
MLS Messining diskvalifikatsiya qilinishi masalasi boʻyicha qaror qabul qildi

Bu safar hujumchi diskvalifikatsiyadan omon qoladi.

"2026 yilgi mavsum starti oldidan MLS va MLS Oʻyinchilari assotsiatsiyasi jahon chempionatidan chiqib ketgandan soʻng dam olish va mashgʻulotlarga qaytish jadvalini aniqlash uchun klublar tomonidan futbolchilar bilan yakka tartibda suhbatlar oʻtkazishga kelishib olishgan edi. Ushbu kelishuvga muvofiq, Lionel Messi va Rodrigo De Paul 2026 yilgi MLS Yulduzlar oʻyinida ishtirok etishdan ozod qilindi", — deyiladi tashkilot bayonotida.

Messi va De Paul 2026 yil 19 iyul kuni Ispaniya terma jamoasiga qarshi kechgan jahon chempionatining final oʻyinida (0:1) ishtirok etishgan edi. Ta'kidlash joizki, 2025 yilda argentinalik futbolchi Yulduzlar oʻyinini oʻtkazib yuborgan edi, buning sababli MLSda bir oʻyinlik diskvalifikatsiya olgandi.

Messi va De Pauldan tashqari, Mbekezeli Mbokazi hamda MLSning joriy mavsumidagi toʻpurarlar poygasi etakchisi, "Monterrey"ga oʻtish uchun ligani tark etgan belgiyalik Ugo Keypersning ham Yulduzlar oʻyinidagi ishtiroki bekor qilindi.

Ularning oʻrniga MLS terma jamoasi tarkibiga Yannik Brayt ("Inter Mayami"), Andres Kubas ("Vankuver"), Gilerme ("Xyuston Dinamo") va Filip Tsinkernagel ("Chikago") kiritildi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring