Fidbol.net

Mirko Yelichich: "Bunday oʻyinlarni tomosha qilish juda yoqimli"

Tahririyat 4
Mirko Yelichich: "Bunday oʻyinlarni tomosha qilish juda yoqimli"



- Yaxshi oʻyin boʻldi. Ikkala jamoa ochiq oʻyin koʻrsatdi. Bunday oʻyinlarda oʻynash va tomosha qilish yoqimli. Oʻyinni koʻproq biz nazorat qildik. Soʻnggi daqiqalarda kontsentratsiyani yoʻqotib qoʻydik. Ikki ochko yoʻqotdik va bittagina ochko oldik.

- Aleksandar Shushnyarning oʻrni qanchalik bilinmoqda? Abdulloh Yoʻldoshev bugun yomon oʻynamadi, gol ham urdi, biroq baribir 3ta gol juda koʻp.
- Bir nima deyish qiyin. Shushnyar yaxshi mavsum oʻtkazmoqda va tartibli harakat qilmoqda. Kucherenko ham. Abdulloh Yoʻldoshev oʻtgan oʻyinni yaxshi oʻtkazdi. Bugun uni yomon oʻynadi deb ayta olmayman. Balki kuchliroq raqiblar oldida unga biroz sifatlar etishmayotgandir. Shushnyar-Kucherenko juftligida esa bizda sifat yaxshiroq koʻrinadi.

- Uchrashuvning 10-daqiqasida "Lokomotiv"ning goli hisobga olinmadi va toʻp Temurxoʻjaning qoʻliga tegdi deb hisoblandi. Bu vaziyatni koʻrdingizmi?
- Yoʻq, koʻrmadim. Bu vaziyatga baho berish juda qiyin. Endi oʻyinni koʻrib chiqamiz. Bizda oʻyinni yutib ketish uchun bir qancha vaziyatlar boʻlgandi. Hakam oʻyinni unchalik yaxshi his qila olmadi. Bunday paytda hakam ham oʻzi istagandek ishlay olmaydi. Oʻsha vaziyatda hakam haq yoki nohaq edi deya olmayman. Shunchaki 50/50 vaziyatlarda bosh hakam koʻproq "Andijon" foydasiga qaror chiqardi.

- Jahon chempionati munosabati bilan katta tanaffus yuzaga kelgandi. Endi esa har besh kunda oʻyin boʻladi. Jamoa bunga tayyormi?
- Tayyor boʻlishimiz, istalgan tizimga moslasha olishimiz kerak. Agarda har ikki kunga oʻyin qoʻyishsa ham, bunga koʻnikib ketishimiz kerak boʻladi. Agarda har uch kunda oʻyin boʻlsa ham, bunga koʻnikib ketishimiz kerak. Katta damdan keyin endi ikkinchi oʻyinni oʻtkazdik va sekin-sekin futbolni tushunib boryapmiz. Lekin Superliganing boshqa oʻyinlari ham tempi va intensivligi yomon emas. Istalgan jarayonda jamoalar yoʻqolib qolishmaydi.

- "Lokomotiv" hisob 2:0 ligida uchinchisini ham urishi kerakdek koʻrinayotgandi. Lekin 5 daqiqa ichida jamoa 2ta gol qoʻyib yubordi. Nima sababdan jamoa e'tiborsizlikka yoʻl qoʻydi?
- Kichik detallar. Aynan shunday vaziyatlar oʻyin taqdirini hal qiladi. Kichik detallarni hal qila olmas ekansan, oʻyin taqdirini hal qila olmaysan. Istalgan odam xato qiladi. Bu biror futbolchining emas, jamoaning xatosi. Endi biz bu ishlarni boshqacha tarzda amalga oshirishni oʻylab koʻramiz. Koʻp narsa futbolchining jismoniy va ruhiy holatiga bogʻliq. Odamlar oʻz fikrlarini bildiraverishadi. Lekin fikrlarning oʻzi hech nimani bildirmaydi.

- "Lokomotiv" 760 kundan keyin oʻz stadioniga qaytdi. Yangilangan maydon haqida nima deya olasiz?
- 5-6 yil oldingi maydon yaxshiroq edi. Hozir chim biroz boshqacha va notekisdek. Oldingi chim biroz pastroq va tekisroq edi. Bu yangi maydon, oʻz maydonimizdek his qilishimiz uchun biroz vaqt kerak. Masalan, Siz ham uy qursangiz, jihozlarni joylashtirasiz va barchasiga koʻnikib olishingiz uchun vaqt kerak. Vaqt oʻtib, maydonni ham oʻzimizga boʻysundiramiz.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring