Fidbol.net

Mirjalol Qosimov: "Vodiydagi uchrashuvlar hech qachon oson boʻlmagan"

Tahririyat 2
Mirjalol Qosimov: "Vodiydagi uchrashuvlar hech qachon oson boʻlmagan"

Mirjalol Qosimov: "Qiyin oʻyin boʻlishini kutgan edik va bahs kutilganidek oʻtdi. Vodiydagi uchrashuvlar hech qachon oson boʻlmagan. Birinchi boʻlim oʻrtalarida oʻyin tizginini oʻz qoʻliga oldi va vaziyatlar yaratdi. Ikkinchi boʻlimdagi tezkor gol bizga katta yordam berdi. Vaziyatlardan unumli foydalandik. Endi keyingi bahsga tayyorgarlik koʻramiz.

JCh sababli boʻlgan tanaffus juda katta edi. Futbolchilar barqaror oʻynaydimi, yoʻqmi, havotirda edim. Yigitlardan minnatdorman, ular oʻzini yaxshi tomonlama koʻrsatishdi. Shu bilan birga imkoniyatdan foydalanib, muxlislarimizga rahmat aytmoqchiman”.

- Ikkinchi boʻlimda OKMKning oʻyini birdaniga yaxshi tomonga oʻzgardi, bunga Abdurazzoqovning zaxiradan bahsga qoʻshilgani sabab boʻldimi?
- Men bunday demagan boʻlardim, lekin har bir futbolchi oʻyinga, gʻalabaga oʻz hissasini qoʻshadi. Chunki bu jamoaviy oʻyin. Asadbek Sobirjonovning goli yigitlarga kuch bagʻishladi va bu keyingi gollarga yoʻl ochib berdi. Avvalgi bahsda ham zaxiradan maydonga tushganlar oʻyinni kuchaytirgandi. Zaxiraning maqsadi ham shu aslida.

- Transfer oynasi yopilgani yoʻq, jamoaga yana futbolchilarni jalb qilasizmi?
- Zoʻr boʻlsa nega yoʻq? Lekin ayni damda menda bor futbolchilardan foydalanaman.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring