Martines Ispaniya bilan oʻyinda nima uchun Ramushni maydonga tushirmaganini tushuntirdi
Portugaliya Ispaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib, JCh-2026ning 1/8 final bosqichida musobaqani tark etdi.
Krishtianu Ronaldu oʻrniga Gonsalu Ramushni maydonga tushirmaganingiz uchun tanqidlar boʻlishi tabiiy.
"Bu juda yuzaki tahlil. Jismoniy tomonlama Krishtianu 90 daqiqa davomida toʻliq oʻynashga mutlaqo qodir edi. U boʻsh hududlar yaratadi, moslashadi. Bunday futbolchi juda muhim. Ehtimol, Gonsalu Ramush qoʻshimcha vaqtlarda foydali boʻlishi mumkin edi, ammo bu oʻyindagi strategiyamiz boshqacha edi. Biz Ispaniyaning hujumlarini tiyib turishimiz kerak edi va hujumchilarni almashtirishdan mantiq yoʻq edi.
Rafael Leau Xorvatiya bilan oʻyinda eng yaxshi futbolchimiz boʻlgandi, u oxirgi marta ancha oldin 90 daqiqa oʻynagandi, shu sababli uni asrash kerak edi. Buning tanqidlarga aloqasi yoʻq. Men samaradorlikdan umuman xafa emasman. Biz finalgacha borishni istagandik va men bu jamoa bilan juda faxrlanaman. Biz favoritlardan biriga qarshi oʻynadik va gohida ularga muammolar tugʻdira oldik, biroq gol ura olmay, tavakkal qildik. Biz Frantsiya, Ispaniya, Germaniya bilan oʻynadik, Millatlar Ligasida gʻolib chiqdik. Men qaerga qarab ketayotganimizga faxr bilan qarayman. Bu safar natija biz kutgandek boʻlmadi, lekin bunday turnirlarda shunaqasi ham boʻlib turadi", — dedi Martines.
Manba: championat.asia
Izohlar 0