Fidbol.net

Maldini Italiyadagi Pirlo bilan bogʻliq janjalli vaziyat sabab iste'foga chiqishi mumkin — manba

Tahririyat 4
Maldini Italiyadagi Pirlo bilan bogʻliq janjalli vaziyat sabab iste'foga chiqishi mumkin — manba

Bu haqda "La Gazzetta dello Sport" xabar bermoqda.

Manba ma'lumotiga koʻra, Maldini yangi murabbiy nomzodini mustaqil ravishda aniqlash huquqini oʻzida saqlab qolish sharti bilan FIGC'dagi lavozimni egallashga rozi boʻlgan. Agar rahbariyat Pirlo nomzodini rad etsa, Paolo buni oʻz vakolatlarining cheklanishi sifatida qabul qilishi va ketsh masalasini koʻrib chiqishi mumkin. Ta'kidlanishicha, avvalroq Maldini Antonio Konte va Roberto Manchini nomzodlari koʻrinishidagi muqobil variantlarni rad etgan edi. Texnik direktorni Kontening klublarni tez-tez oʻzgartirishi qoniqtirmagan boʻlsa, Manchinining 2023 yilda Italiya terma jamoasidan ketganidan keyingi faoliyati unga etarlicha ishonchli tuyulmagan.

Xosep Gvardiola bilan muvaffaqiyatsiz kechgan muzokaralardan soʻng Maldini va federatsiya maslahatchisi Leonardo tanlovni 47 yoshli mutaxassisda toʻxtatishdi. Ularning fikricha, Pirloning nomzodi zamonaviy futbol kontseptsiyasiga mos keladi.

Biroq Pirloning Rossiya kompaniyasining global elchisi sifatidagi roli bahslarga sabab boʻlmoqda va uning ehtimoliy tayinlanishini murakkablashtirmoqda.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring