Makron Infantino bilan suhbatda JCh huquqlari xususiy investorlarga sotilishiga qarshi chiqdi
Bu haqda “L'Equipe“ xabar berdi.
Makron telefon orqali muloqotda Infantinoga FIFA Forward Enterprise loyihasini qoʻllab-quvvatlamasligini ma'lum qildi. Davlat rahbari “jahon futbolida jipslik zarurligi” va “xalqaro solidarlikni mustahkamlash” kerakligini eslatib oʻtdi.
Manbaga koʻra, Makron, shuningdek, Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) prezidenti Aleksander Cheferin bilan ham gaplashgan va ushbu masalada uni toʻliq qoʻllab-quvvatlashini bildirgan.
FIFA UEFA va boshqa futbol tashkilotlari tomonidan bildirilgan tanqidlardan soʻng oʻz turnirlari huquqlarining bir qismini xususiy investorlarga sotish loyihasidan voz kechdi. Yuzaga kelgan vaziyat keyingi yilning mart oyida boʻlib oʻtadigan saylovlar oldidan Infantinoga boʻlgan bosimni yanada oshirdi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0