Luis Dias: "Oʻzbekistonga qarshi oʻyinni intiqlik bilan kutyapmiz"
Tahririyat
•
•
2
"Jahon chempionati startini intiqlik bilan kutyapmiz. Vaqt juda tez oʻtib ketadi, shuning uchun jismoniy va ruhiy jihatdan yaxshi holatda boʻlish, shuningdek, dam olish kerak – bu eng muhimi.
AQShda oʻzimizni uyda oʻynayotgandek his qilamiz. Shuning uchun bundan foydalanishimiz va murabbiyning rejasiga muvofiq, oʻyindan oʻyinga qadamba-qadam harakat qilishimiz kerak, chunki Jahon chempionatining asosiy mohiyati – har bir oʻyinga alohida e'tibor qaratish, qolganini esa vaqt koʻrsatadi", dedi 29 yoshli "Bavariya" hujumchisi.
Eslatib oʻtamiz, Kolumbiya mundialdagi ilk oʻyinini Oʻzbekistonga qarshi oʻtkazadi.
Manba: championat.asia
Jamoalar
Izohlar 0