Kongo DR bosh murabbiyi: "Tibbiy cheklovlar bizga ta'sir qilgani yoʻq. Guruhimizda ikkita favorit bor"
"Portugaliyaga qarshi oʻyingacha hali yana 15 kunlik tayyorgarlik bor va biz sekin-asta kuchimizni oshirib boramiz. Aaron Van-Bissaka ham etib keldi. Klubi futbolchi ustidan FIFAga shikoyat qilgan va u bizga faqat 5 kundan keyin qoʻshilishi mumkin edi.
Albatta, biz FIFAning tibbiy tashkilot bilan bogʻliq cheklovlariga amal qilyapmiz, shifokorlar FIFA bilan aloqada. Ochigʻini aytsam, bizda boshqa yigʻinlar kabi mutlaqo oddiy yigʻin oʻtmoqda. Barcha oʻyinchilar Evropadan kelishdi, mahalliy xodimlar chiqish muddatlariga rioya qilishdi, shuning uchun bu bizning kundalik hayotimizga hech qanday ta'sir koʻrsatmaydi.
Bizda doimo turli gʻoyalar bor. Bunday musobaqaga kelganimizda, taktik jihatdan oʻyinchilar bir nechta tizimlarni oʻzlashtirishi kerak. Bu ham ba'zi vaziyatlarga moslashish, kuchlar nisbatini toʻgʻri baholash, ham raqibni hayratda qoldirish yoki hujum va mudofaada turlicha harakat qilish uchun juda muhim. Raqib uchun iloji boricha oldindan aytib boʻlmaydigan jamoa boʻlishimiz kerak. Jahon chempionatida bizdan FIFA reytingida yuqorida turuvchi va favorit sanaluvchi ikkita jamoa bilan bir guruhdamiz. Shuning uchun oʻyin davomida biz taklif qiladigan narsalar kunning holatiga va oʻyinning borishiga bogʻliq boʻladi. Murabbiy va oʻyinchi sifatida ushbu elementlarni toʻgʻri boshqarish qiziqarli. Bizda allaqachon ishlab chiqilgan oʻyin rejalari bor va ular ustida texnik-taktik mashgʻulotlarda ish olib boramiz", dedi 49 yoshli frantsiyalik mutaxassis.
Manba: championat.asia
Izohlar 0