Fidbol.net

Lotar Matteus: "FIFA oʻzini kulgiga qoldirmoqda"

Tahririyat 7
Lotar Matteus: "FIFA oʻzini kulgiga qoldirmoqda"

"Jahon chempionati bizga koʻplab ajoyib oʻyinlar va fantastik muhitni taqdim etdi, ammo hamma narsani kim rasvo qildi? FIFA va siyosat! Donald Tramp FIFAga qoʻngʻiroq qilib, Folarin Balogunning diskvalifikatsiyasini qayta koʻrib chiqishni soʻraganiga iqror boʻldi. Diskvalifikatsiyani bekor qilish haqida qaror qabul qilib, FIFA oʻziga ham, futbolga ham yaxshilik qilgani yoʻq. Aksincha! Balogunning Bosniya va Gertsegovina bilan oʻyindagi chetlatilishi mutlaqo aniq edi, buning ustiga qaror VAR'dan keyin qabul qilingandi. Shunga qaramay, diskvalifikatsiya bekor qilindi. Bu shunchaki kulgili! Bu men futbolda koʻrgan eng dahshatli narsadir!

Men yangi turnirlar yoki yangi qoidalarga qarshi emasman. Reklamadan milliardlar ishlab olishga imkon beradigan uch daqiqali "suv ichish" tanaffuslari — bu normal holat. Biz shunday davrda yashayapmizki, ehtimol, futbolning oʻzidan koʻra qolgan hamma narsa muhimroq boʻlib qolgan. Ammo aniq koʻrinib turgan qizil kartochkaning bekor qilinishi — bu misli koʻrilmagan voqea! Bu sportga aralashishdir. Bundan qattiq xafaman. FIFAga qarshi hech qachon hech narsa demaganman, lekin hozir gʻazabdaman. Ibora uchun uzur, lekin hozir koʻnglim ayniyapti! Nima uchun boshqa hech bir futbolchi shartli qizil kartochka olmadi? Qolgan hamma lozim boʻlganidek diskvalifikatsiya qilindi.

Mezbon davlatlar yoki etakchi futbol mamlakatlaridan boʻlgan oʻyinchilar himoya qilinib, kichikroq jamoalarning futbolchilari himoyasiz qolsa, bu endi halol oʻyin (fair play) emas. FIFA oʻzini kulgiga qoldirmoqda. U sportni oyoqosti qilyapti! Janni Infantinoga qarshi hech qanday adovatim yoʻq. Mayli, Donald Trampga xohlasa 10 ta Tinchlik mukofotini topshirsin. Lekin gap aldov va manipulyatsiyalarga kelganda — men bu erda chegara tortaman. FIFAning hozir qilayotgan ishi — bu mutlaqo bedodlik va futbol muxlislariga nisbatan xiyonatdir", — deya Matteusning soʻzlarini keltiradi Sky Sports.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring