Fidbol.net

Lionel Messi Maradonaga tegishli rekordni yangilab, jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi assistentga aylandi

Tahririyat 26
Lionel Messi Maradonaga tegishli rekordni yangilab, jahon chempionatlari tarixidagi eng yaxshi assistentga aylandi

Argentina terma jamoasi hujumchisi JCh-2026 1/8 finalida Misrga qarshi kechayotgan bahsda (2:2, ikkinchi boʻlim) Kristian Romeroga golli uzatma amalga oshirdi.

Messi hisobidagi golli uzatmalar soni hozir 9 taga etdi. U ushbu koʻrsatkich boʻyicha 8 ta assistga ega boʻlgan yurtdoshi Diego Maradonaning rekordini yangiladi.

Shu bilan birga Messi 83-daqiqada gol urishga muvaffaq boʻldi.

Bu gol 39 yoshli futbolchining faoliyati davomidagi (barcha turnirlardagi 1161 ta oʻyinda) 919-goli boʻldi.

Portugaliya terma jamoasining 41 yoshli forvardi Krishtianu Ronaldu esa 1328 ta oʻyinda 976 ta gol muallifi boʻlgan.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring