Klopp: "Har qanday raqibga muammo tugʻdira oladigan jamoa tuzamiz"
"Serbiyaning yondashuvi Gretsiyaga qarshi bahsda koʻrganimizdan unchalik farq qilmaydi. Serbiya bilan oʻyinni yanada murakkablashtiradigan jihat — ularning tajribasi. Ular juda tajribali futbolchilar va biz bunga tayyor boʻlishimiz shart. Ularda oʻziga xos mentalitet bor. Bundan tashqari, tarkiblarida ajoyib ijrochilar jamlangan.
Biz har qanday raqibga muammo tugʻdira oladigan jamoa shakllantiramiz. Barchamiz nemis futbolini oʻzimiz koʻrishni istagan choʻqqiga qaytarishni xohlaymiz. Biz oʻyinchilarni rivojlantirishimiz kerak. Hozirda menda yigitlar bunga tayyor va shu jarayonning bir qismi boʻlishni istashayotgandek his bor. Ular juda muvaffaqiyatli futbol koʻrsatishni maqsad qilishgan", – dedi Klopp.
Germaniya – Serbiya uchrashuvi payshanba, 1 oktyabr kuni boʻlib oʻtadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da boshlanadi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0