Kapadze Oʻtkir Yusupov haqida fikr bildirdi
– Oʻtkir Yusupov Oʻzbekiston terma jamoasining jahon chempionatiga yoʻl olishida katta hissa qoʻshgandi. Ammo mundialni inobatga olmagan taqdirimizda ham uning "Navbahor" safidagi turnirga qadar va undan keyingi oʻyinlari e'tirozli savollar hosil qildi. Bu uning yoshi bilan bogʻliqmi yoki jismoniy holati bilanmi?
– Futbolda hamma joyda xatolar boʻlib turadi. Oʻtkir – terma jamoa darajasidagi darvozabon va u oʻz imkoniyatlarini juda yaxshi tushunadi. Qaerdadir texnik kamchiliklar, qaerdadir ruhiyat bilan bogʻliq holatlar kuzatilishi mumkin. Lekin u yuqori saviyadagi darvozabon. Bunday sinovli davrlar har bir futbolchining faoliyatida uchraydi. Ishonchim komilki, bundan barchamiz toʻgʻri xulosa chiqaramiz va faqat mehnat qilish orqali buni engib oʻtamiz.
TOʻLIQ INTERVYuNI OʻQISh
Manba: championat.asia
Izohlar 0