Fidbol.net

Kamoliddin Tojiev: "Oʻz imkoniyatlarimizdan foydalanib gʻalaba qozondik"

Tahririyat 4
Kamoliddin Tojiev: "Oʻz imkoniyatlarimizdan foydalanib gʻalaba qozondik"

- Oʻyin haqida fikringiz?
- Bahs qiyin kechishini bilardik, "Nasaf" har doim kuchli raqib boʻlib kelgan. Bugun oʻz darajamizda oʻynadik. Imkoniyatlarni golga aylantirdik va gʻalaba qozondik.

- OChL oʻyinidan oldin va keyin matbuot anjumanida koʻrinish bermadingiz. Buning sababi nima bilan bogʻliq?
- Tegishli litsenziya boʻlmagani uchun shunday boʻldi.

- Maydonda koʻrsatmalarni beraverasizmi?
- Ha, bu borada muammo yoʻq.

- Oybek Bozorov bugun hal qiluvchi golni urdi. U koʻproq qaysi boʻlimda jamoaga foyda keltiradi: birinchi boʻlimdami yo ikkinchi taymdami?
- Biz uchun birinchi boʻlim, ikkinchi boʻlim oʻyinchisi degan tushuncha yoʻq. Biz uchun hamma asosiy futbolchi. Oʻyinchilarimiz darajasi ham shunga mos. Oybek bugun zaxiradan tushib oʻzini koʻrsatdi.

- Jamoaga taklif etilgan legionerlar xalqaro maydonda qanchalik oʻzlarini koʻrsata olishadi?
- Biz shuni oʻylagan holda oʻyinchilarni taklif etganmiz. Nasib qilsa, yangilar tez orada moslashib Elit OChLda oʻzlarini namoyon etishadi.

- Bugungi oʻyinga rejangiz qanday edi?
- Ikkinchi jamoa sifatida oʻynash rejamizda yoʻq edi. "Nasaf" bilan ochiq ftubol oʻynash oson emas, biz himoyani oʻylagan holda harakat qildik.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring