Kamoliddin Tojiev: "Goldan keyin "Paxtakor" futbol oʻynamadi"
- Bugun gol urdik va shundan keyin "Paxtakor" umuman oʻynamadi. Futbolchilarim shunday yutib ketamiz deb oʻylashgan shekilli. Lekin hozir hech kim gʻalabani bunchalik oson bermaydi. Bu haqda yigitlarga ham aytdim. Dastlabki 10 daqiqalikni hisobga olmasak, hech kim oʻz darajasida futbol oʻynamadi.
- Jamoa golgacha yaxshi oʻynab turgandi, lekin goldan keyin gʻalati oʻynadi jamoa. Deyarli 2 oy mobaynida oʻyinsizlik sababli jamoa tonusni yoʻqotgandek koʻrindi.
- Tonusda boʻlmasa ham kurashishi, oʻynashi, yugurishi kerak. Hech kim tonusda emas. Boshqa sabablari bor. Buni taxlil qilib, futbolchilar bilan gaplashib olamiz.

- Statistikaga qarasak, "Paxtakor"da 2, "Lokomotiv"da esa 5 aniq zarba bor ekan. "Loko"ning koʻp hujumlari oʻtib ketdi. Himoya chizigʻida muammolar borga oʻxshaydi.
- Bugun bizda muammolar koʻp edi. Hamma pozitsiyada muammolar bor edi. Jarima maydonchasi yoniga boramiz, lekin zarba bermaymiz. Chapga, oʻngga pas, nima futbolchilar pas bilan toʻpni darvozaga olib kirmoqchimidi... Darvozaga tepilmasa, hech kim gol ura olmaydi.
- Stiven Chineduning oʻyiniga qanday baho berasiz?
- U mashgʻulotlarda yaxshi ishlamoqda. Bugun ham qoʻlidan kelgancha harakat qildi, kirishib ketish uchun vaqt kerak. Hudo xohlasa hali gollar uradi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0