Fidbol.net

Jorkaeff: "Braziliya terma jamoasining texnikasi va toʻpni nazorat qilishi qaerda qoldi?"

Tahririyat 5
Jorkaeff: "Braziliya terma jamoasining texnikasi va toʻpni nazorat qilishi qaerda qoldi?"

Braziliyaliklar 1/8 finalda Norvegiyaga (1:2) imkoniyatni boy berib, turnirni tark etishdi.

"Biz Braziliya haqida gapiryapmiz, Braziliya – Norvegiya oʻyinini koʻrdingizmi? Bu Braziliyani koʻrishning oʻzi kishini koʻnglini aynitadi. 35 yoshli Neymar keladi (aslida forvard 34 yoshda), u 5 yildan beri oʻynamayapti... Va aynan u oʻyin oxirida nimadir yaratishga urinyapti... Qolganlar qaerda? Texnik mahoratga ega braziliyaliklar qaerda? Meni Paketa yoki boshqa birov haqida ishontirolmaysiz...

Rostini aytsam, bu normal holat emas... Sifat haqida gapirganda, gap toʻpni nazorat qilishda ketadi. Braziliya – Norvegiya oʻyinini misol qilib olaman, 2-gol, Xoland toʻpni qabul qilib oladi va nazorat qiladi – u vaqt va boʻsh hududdan qanday foydalanayotgani koʻrinib turibdi. Keyin u toʻpni oldinga suradi va zarba beradi. Hammasi juda oddiy!

Endrik esa toʻpni yumalatib boradi, u darvozabon qarshisida yolgʻiz qoladi... Agar toʻp Ronalduda boʻlganida, u darvozabonni yoʻq qilib, toʻpni darvozaga kiritib qoʻygan boʻlardi", – dedi Djorkaeff.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring