JCh. Bir kishi kam boʻlib qolgan AQSh Bosniya va Gertsegovinani ishonchli hisobda magʻlub etdi
JCh, 1/16 final
AQSh – Bosniya va Gertsegovina 2:0
Gollar: 45 - Folarin Balogun, 82 - Malik Tillman
AQSh: 24. Mett Friz, 16. Aleks Frimen, 3. Kris Richards, 13. Tim Rim, 2. Serjino Dest (14. Sebastyan Berxalter, 87’), 5. Entoni Robinson, 4. Tayler Adams, 17. Malik Tillman, 8. Ueston Makkenni (7. Jovanni Reyna, 90+5’), 10. Kristian Pulishich (9. Rikardo Pepi, 88’), 20. Folarin Balogun.
Zaxira: 1. Mett Tyorner, 25. Kris Breydi, 6. Oston Trasti, 12. Maylz Robinson, 23. Jozef Skalli, 11. Brenden Aaronson, 21. Timoti Vea, 18. Maks Arfsten, 19. Xaji Rayt, 26. Aleks Sendexas.
Bosniya va Gertsegovina: 1. Nikola Vasil, 7. Amar Dedich, 18. Nikola Katich (15. Amar Memich, 75’), 4. Tarik Muxaremovich, 5. Sead Kolashinats (23. Xaris Tabakovich, 75’), 21. Stepan Radelich, 19. Kerim-Sem Alaybegovich, 8. Armin Gigovich (20. Esmir Bayraktarevich, 51’), 14. Ivan Shunich (6. Benyamin Taxirovich, 51’), 10. Ermedin Demirovich, 11. Edin Jeko (26. Ermin Maxmich, 51’).
Zaxira: 12. Mladen Yurkas, 22. Martin Zlomislich, 2. Nixad Muyakich, 3. Dennis Xajikadunich, 24. Aryan Malich, 13. Ivan Bashich, 16. Amir Xajiaxmetovich, 17. Jenis Burnich, 9. Samed Bajdar, 25. Yovo Lukich.
Ogohlantirishlar: 80 - Stepan Radelich
Chetlatish: 64 - Folarin Balogun
90+10. Oʻyin yakunlandi, AQSh - nimchorak finalda!
90+9. Yana bir zarba Maxmichdan va bu safar ham aniq boʻlmadi.
90+8. Maxmichning erlatib bergan zarbasi biroz noaniq boʻldi.
90+2. Alaybegovichning zarbasi kuchli chiqdi, biroq noaniq.
90. Oʻyinning asosiy vaqtiga 10 daqiqa qoʻshib berildi.
83. Xoʻsh, ikki toʻp farqi bilan oldinda AQSh, biroq maydonda 10 kishi. Bosniya endi nima qiladi? Kuzatamiz.

82. GOL! Tillman hisobni ikkitaga oshirdi! Malikning jarima zarbasidan yoʻllagan zarbasi aniq boʻldi!
79. Pulishich gol urdi, biroq ushbu vaziyatda oʻyindan tashqari holat boʻlgan ekan.
77. Bosniyalik futbolchilar tomonidan berilayotgan zarbalarni AQSh himoyachilari yaxshi “bloklashmoqda”.
75. Bosniya barcha oʻzgarishni qilib boʻldi, biroq Pochetino hozircha birorta oʻzgarish imkoniyatidan foydalanmadi.
69. Futbolchilar tomoqlarini xoʻllab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.
68. Navbatdagi zarba Bayraktarevich ijrosida boʻldi bu va buni ham Friz ushlab oldi.
66. Demirovichning zarbasini AQSh posboni ushlab oldi.
🟥 64. Qizil kartochka! Gol muallifi Balogun oʻyindan chetlatildi!
63. Holat VARda ehtimoliy qizil kartochka bilan koʻrib chiqilmoqda.

62. Folarin Balogun raqibga nisbatan juda qoʻpol oʻynadi. Holat VARda ehtimoliy qizil kartochka bilan koʻrib chiqilmoqda.
56. Katichning uzoq masofadan yoʻllagan zarbasi juda noaniq boʻldi.
🔄 51. Bosniya boʻlimning oltinchi daqiqasida biryoʻla uchta oʻzgarishni amalga oshirdi.
50. Edin Jeko jarohat oldi, shu bois zaxiraga olinmoqda.
🕘 46. Ikkinchi boʻlim boshlandi!
45+11. Birinchi boʻlim yakunlandi.
45+8. Balogun ikkinchi golga juda yaqin keldi, ammo uning zarbasi toʻsinga tegdi.

⚽️ 45. GOL! Folarin Balogun jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba yoʻllab, hisobni ochdi.
45. Birinchi boʻlimga 5 daqiqa qoʻshib berildi.
42. Folarin jarima zarbasidan keyingi vaziyatda zarba berdi, ammo toʻp darvoza yonidan chiqib ketdi.
38. Balogun jarima maydonchasi ichida xavfli uzatma berdi, himoyachi oxirgi pallada toʻpni qaytardi.
31. Balogun gol urdi, ammo ofsayd sababli gol bekor qilindi.
29. Balogun jarima maydonchasida yiqildi. Hakam penalti belgilamadi.
23. Futbolchilar tomoqlarini xoʻllab olishlari uchun qisqa tanaffus e'lon qilindi.
18. Robinson bosh bilan xavfli zarba yoʻlladi, ammo toʻp darvoza ustidan oʻtib ketdi.
15. Folarin Balogun oʻng burchakni nishonlab zarba berdi, ammo aniqlik etishmadi.
10. Demirovich jarima maydonchasi chizigʻidan zarba berdi, ammo toʻp darvozabon Mettyu Frizning qoʻliga bordi.
4. Pulishichning zarbasi himoyachiga tegib, maydonni tark etdi. AQSh burchak toʻpini ishlab oldi.
🕛 1. Oʻyin boshlandi.
Assalomu alaykum qadrli futbol ixlosmandlari! Sizlarni Jahon chempionatining 1/16 final bosqichi doirasidagi AQSh – Bosniya va Gertsegovina uchrashuvining matnli translyatsiyani kuzatib borishga taklif etamiz!
Manba: championat.asia
Izohlar 0