JCh-2026. Misr kambek qilib, Yangi Zelandiyani magʻlub etdi
Uchrashuvning 15-daqiqasida Yangi Zelandiya vakili Finn Serman hisobni ochdi. Bahsning 58-daqiqasida esa mirliklar yarim himoyachisi Mustafo Ziko hisobni tenglashtirdi. Bahsning 67-daqiqasida Muhammad Saloh hisobni misrliklar foydasiga oʻzgartirdi. Ucharshuvning 82-daqiqasida esa Mahmud Hassan hisobni 3:1 koʻrinishga keltirdi. Shu tariqa, misrliklar Yangi Zelandiyani 3:1 hisobida magʻlub etdi va turnir jadvalida 4 ochko bilan etakchilik qilmoqda.
"G" guruhining ikkinchi tur yakuniga koʻra, Misr terma jamoasi 4 ochko bilan etakchilik qilmoqda. Eron va Belgiya hisobida 2 tadan ochko bor, Yangi Zelandiya esa 1 ochko bilan turnir jadvalining soʻnggi oʻrnida ketmoqda.
3-turda Eron Misr bilan toʻqnash kelsa, Belgiya Yangi Zelandiya bilan bahs olib boradi.
JCh-2026. G guruhi. 2-tur
21 iyun. Vankuver. “BC Place”
Yangi Zelandiya — Misr 1:3
Gol: Surman 15 — Ziko 58, Saloh 67, Hassan 82.
Yangi Zelandiya — Krokomb, Peyn, Boksoll, Kekachey, Sermen, Bell, Stamenich, Singh, Jast, Makkouott (Old 66), Vud.
Misr — Shobeyr, Ibrohim, Hani, Abul Futuh, Ashur, Ziko, Fathi, Lashin, Attiya, Saloh, Marmush.
Manba: championat.asia
Izohlar 0