Bugun xet-trik qayd etgan Devid 60 yildan soʻng ushbu natijaga erishgan ilk futbolchi boʻldi
Toshkent vaqti bilan 19 iyunga oʻtar kechasi jahon chempionati guruh bosqichi doirasida Kanada — Qatar uchrashuvi boʻlib oʻtdi. "V" guruhidan oʻrin olgan ushbu bahs Vankuverdagi (Kanada) "Bi-Si Pleys" stadionida oʻtkazildi va kanadalik futbolchilarning 6:0 hisobidagi yirik gʻalabasi bilan yakunlandi.
Gʻoliblar tarkibida hujumchi Jonatan Devid xet-trik rasmiylashtirdi.
Shu tariqa, Devid 1966 yildan buyon jahon chempionatlarida mezbon mamlakat terma jamoasi safida xet-trik qayd etgan ilk futbolchi boʻldi. Bu dunyo birinchiliklari tarixidagi atigi oltinchi shunday holatdir.
Bundan tashqari, u 1930 yildan beri KONKAKAF (Shimoliy va Markaziy Amerika) mintaqasidan jahon chempionati bahslarida xet-trik muallifiga aylangan birinchi futbolchiga aylandi. Oʻshanda ushbu natijani amerikalik Bert Pateno qayd etgan edi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0