Fidbol.net

JCh-2026 finalidagi tanaffus taxminan 30 daqiqa davom etishi mumkin

Tahririyat 8
JCh-2026 finalidagi tanaffus taxminan 30 daqiqa davom etishi mumkin

Taymlar oraligʻidagi tanaffusda Jastin Biber, Shakira, BTS, Madonna, Burna Boy, venesuelalik dirijyor Gustavo Dudamel va PS22 xori ishtirokida shou boʻlib oʻtadi. Unda "Ulitsa Sezam" va "Mappetlar" personajlari ham ishtirok etadi.

Avvalroq FIFA taqdimot 11 daqiqa davom etishini ma'lum qilgan edi, biroq endi tanaffusning umumiy davomiyligini taxminan 20 daqiqagacha oshirishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi The Athletic.

The Times nashrining yozishicha, JCh finalini jonli efirda koʻrsatadigan BBC va ITV telekompaniyalari tanaffus taxminan 30 daqiqa davom etishini kutishmoqda. Dastlab ular shouni tanaffus vaqtida namoyish etish tufayli birinchi taym voqealarini an'anaviy tahlil qilishga ajratiladigan vaqtni qisqartirishga majbur boʻlishlaridan xavotirda edilar, ammo hozir ularga ham 11 daqiqalik taqdimotga, ham 15 daqiqalik tahlilga vaqt etishiga ishonishmoqda.

JCh-2026 birinchi finalisti Ispaniya terma jamoasi boʻldi. U Angliya – Argentina oʻyini gʻolibi bilan uchrashadi.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring