Iste'foga chiqishini e'lon qilgan Xon Myon Boga oʻlim bilan tahdid qilishmoqda
Bunday qarorga terma jamoa bosh murabbiyligidan iste'foga chiqishini e'lon qilgan mutaxassis Xon Myon Boga oʻlim bilan tahdid qilinayotgani sabab boʻlgan.
Shuningdek, maxsus qoʻriqlash xizmatining 25 nafar xodimi ham bu jarayonga jalb etiladi.
"Biz jamoa etib kelishi vaqtida yuz berishi mumkin boʻlgan baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun xodimlarni safarbar qilishga qaror qildik. Har qanday noqonuniy xatti-harakatlarga, jumladan buyumlar uloqtirishga nisbatan ham qat'iy chora koʻramiz", — deyiladi politsiya bayonotida.
Janubiy Koreya jamoasi JCh-2026 turnirida Meksika, JAR va Chexiya terma jamoalari joy olgan guruhdan chiqa olmay, uchinchi oʻrinni egallagan edi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0