Islom Inomov: "Bunyodkor" nomdor jamoa, hech kim tashlab qoʻymasligiga umid qilamiz"
Biz bu borada klub sport direktori Islom Inomovning fikrlari bilan qiziqdik.
"Avvalgi rahbarlarimiz davrida Rivaldo borasida 5 yil davomida toʻlab borishga erishilgandi. Keyinchalik vaziyat oʻzgarib ketdi. Homiylik toʻxtatildi. Hammasi yaxshilikka deb oʻylayman. Ma'lum bir homiy biriktirilgunga qadar sabr qilib kutamiz”, – dedi Inomov.
- Lekin oldinda ilk jazo transfer taqiqi turibdi, chunki mazkur jarayon toʻxtab turmaydi...
- Mavsumni oxirigacha etib olamiz. Yoshlar bilan tarkibni uygʻunlashtirib oʻynatamiz. U-21, U-19 jamoamizdan yaxshi yigitlar etishib chiqmoqda. Vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilamiz. "Bunyodkor" nomdor jamoa, hech kim tashlab qoʻymaydi degan umiddamiz.
Manba: championat.asia
Izohlar 0