"Inter Mayami" "Neshvill" bilan durang oʻynadi, Messi hisobida — gol
Fort-Loderdeyldagi "Di-Er-Vi Pi-En-Ka Stedium" stadionida boʻlib oʻtgan uchrashuv 2:2 hisobidagi durang bilan nihoyasiga etdi.
"Neshvill" tarkibida Sem Sarridj dublni rasmiylashtirdi. shuningdek, Rid Beyker-Uayting hisobida avtogol bor.
"Inter Mayami" safida golni argentinalik hujumchi Lionel Messi kiritdi.
"Inter Mayami" MLSdagi magʻlubiyatsiz seriyasini toʻrtta oʻyinga etkazdi – bitta gʻalaba va uchta durang. "Neshvill" esa gʻalabasiz seriyasini uchta oʻyinga uzaytdi — bitta magʻlubiyat va ikkita durang.
Keyingi turda "Inter Mayami" "San-Diego" bilan kuch sinashadi, "Neshvill" esa "Chikago Fayr"ga qarshi maydonga tushadi. Bahslar mos ravishda 21 va 20 sentyabr kunlari boʻlib oʻtadi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0