Fidbol.net

Infantino jahon chempionatidagi ulushlarni xususiy investorlarga sotmoqchi

Tahririyat 8
Infantino jahon chempionatidagi ulushlarni xususiy investorlarga sotmoqchi

Reja FIFAning erkaklar va ayollar oʻrtasidagi asosiy turnirlari – jahon chempionati va klublar oʻrtasidagi jahon chempionatini boshqaradigan kompaniyani tashkil etishni nazarda tutadi. Muhokamalar jarayonidan xabardor ikki manbaning ma'lum qilishicha, ushbu loyiha yuzasidan AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyatiga yaqin kishilar bilan maslahatlashilgan. FIFAda investitsiya guruhini Donald Trampning kuyovi Jared Kushnerning ukasi Djoshua Kushner tomonidan asos solingan Thrive Capital kompaniyasi boshqarishi kutilayotganini tasdiqladi. FIFAning 211 ta milliy assotsiatsiyasi va a'zolarining har biri qiymati taxminan 20 million dollarni tashkil etishi mumkin boʻlgan oʻz ulushiga ega boʻladi. Assotsiatsiyalar qoʻshimcha daromad olish uchun bu ulushni saqlab qolishlari yoki uni sotishlari mumkin boʻladi. Manbalarning soʻzlariga koʻra, hozirda 56 yoshda boʻlgan Infantino oʻzining soʻnggi prezidentlik muddati tugaganidan keyin yangi kompaniyaga komissar etib tayinlanishi rejalashtirilgan. Uning FIFA prezidenti lavozimiga muqobilsiz qayta saylanishi va 2031 yilgacha oʻz lavozimida qolishi kutilmoqda.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring