Fidbol.net

Infantino FIFAga a'zo davlatlarga 40 mln. dollardan "pora" taklif qildi

Tahririyat 15
Infantino FIFAga a'zo davlatlarga 40 mln. dollardan "pora" taklif qildi

Janni Infantino FIFAga a'zo davlatlarga jahon chempionati huquqlari ulushini sotishdan tushgan mablagʻning bir qismini taklif qilmoqda. Avvalroq FIFA prezidenti turnir huquqlarining bir qismini tashqi investorlarga sotmoqchi ekani ma'lum boʻlgan edi. The Times xabariga koʻra, Infantino tashkilotning barcha 211 ta a'zo assotsiatsiyasiga agar uning rejasiga rozi boʻlsalar, har biriga 40 million dollardan toʻlashni va'da qilgan. Shu bilan birga, ularda taklifni qabul qilish uchun bor-yoʻgʻi 53 kun vaqt bor.

"Bu taklifni qabul qilish yoki qilmaslik toʻgʻrisidagi qaror toʻliq oʻzingizga bogʻliq. Agar uni qabul qilishni xohlasangiz, 10 milliard dollarlik paket 2027 yilning 1 yanvaridan boshlab mavjud boʻladi va bu bizning birgalikdagi sayohatimizning keyingi bosqichi boshlanishini anglatadi.

Agar status-kvoni saqlab qolishga va bu taklifni rad etishga qaror qilsangiz, biz avval e'lon qilinganidek, Forward dasturini [moliyalashtirishni koʻpaytirish boʻyicha] 2,7 milliard dollarga kengaytirishga tayyormiz.

2027 yil 1 yanvar kuni boshlanadigan boʻlajak tsikl davomida umumiy hisobda a'zo assotsiatsiyalarning har biri ushbu taklif doirasida 40 million dollargacha mablagʻ olishi mumkin", – deyiladi Infantino maktubida.

Tashqi investorlar bilan bitimga qarshi chiqayotgan manbalar Infantinoning moliyalashtirishni koʻpaytirish boʻyicha taklifini "sof pora" deb atadi.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring