Fidbol.net

Imeda Ashortiya: «Xudoga shukr, hozir o‘zimni ancha yaxshi his qilyapman»

Tahririyat 3
Imeda Ashortiya: «Xudoga shukr, hozir o‘zimni ancha yaxshi his qilyapman»

"Andijon"ning gruziyalik tajribali futbolchisi Imeda Ashortiya yaqinda jarohat olib, safdan chiqqandi. U davolanish uchun yurtiga borib keldi.

Hozirgi holati qandayligi borasida Ashortiya klub matbuot xizmatiga quyidagilarni aytdi:

«Mashg‘ulot paytida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasiga qarshi o‘yin oldidan jarohat oldim. Xudoga shukr, hozir o‘zimni ancha yaxshi his qilyapman. Kerak bo‘lgan barcha muolajalarni o‘tab bo‘ldim. Jarohat oson emasdi, lekin, Xudoga shukr, hozir ahvolim ancha yaxshilandi.

Hozirgacha uch-to‘rtta individual mashg‘ulot o‘tkazishga ulgurdim. Yaqin kunlarda jamoa bilan birga mashg‘ulotlarni boshlayman. Imkon qadar tezroq safga qaytishga umid qilyapman. Men doim qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman va jamoaga imkon qadar tezroq qaytish uchun bor kuch-g‘ayratimni sarflayman», — deydi Imeda.

Eslatib o‘tamiz, “Andijon” jamoamiz Superliganing 17-turi doirasida 13 avgust kuni “Bobur arena”da “Neftchi”ni qabul qiladi. Vodiy derbisida barcha muxlislarimizni stadionda kutamiz.

Manba: stadion.uz

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring