Fidbol.net

Ilyos Zeytulaev: "Mavsumdagi eng yaxshi oʻyinimizni oʻtkazdik"

Tahririyat 3
Ilyos Zeytulaev: "Mavsumdagi eng yaxshi oʻyinimizni oʻtkazdik"

- Oʻyin haqida fikringiz?
- Shuni aytishim mumkin, bugun mavsumdagi eng yaxshi oʻyinimizni oʻtkazdik. "Buxoro" "chagʻilmas yongʻoq" ekanligini bilardik, bu haqda oʻyindan oldin yigitlarga ham aytgandim. Nima uchun eng yaxshi oʻyinimiz? Matbuotda biz haqimizda koʻp gapirilyapti va futbolchilarimiz qanday holatda ekanini koʻpchilik biladi. Shundan kelib chqiqqan holda oʻyinimizni juda yaxshi chiqdi deb ayta olaman. Yigitlar - professional, ularga e'tirozim yoʻq, maydonda bor kuch bilan harakat qildik.

- Hozirgi vaziyat qanday?

- Vaziyat ogʻir, juda-juda ogʻir. Mahalliy futbolchilar ham, xorijliklar ham, murabbiylar shtabimiz ham dekabr, yanvar, fevral, mart, aprel, may, iyun, iyuldan beri qiyin davrni boshdan kechiryapmiz. Hammamizda shartnoma bor, afsuski, shartnomada belgilangan summani ololmayapmiz. Biz ham, futbolchilar ham ishlayapmiz, maydonda ter toʻkyapmiz. Jamoamizni olti nafar futbolchi tark etdi. Yana 3-4 nafar oʻyinchi ketib qolishi mumkin. Shu bois bizni yaxshi tushunishlarini xohlardik. Hammaning oilasi, bola-chaqasi, oʻziga yarasha tashvishlari bor. Aytib oʻtganimdek, vaziyat juda ogʻir.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring