Haqiqiy jangchi: "Neftchi" futbolchisi "Buxoro" bilan oʻyinni singan qovurgʻa bilan davom ettirgan
“Neftchi” yarim himoyachisi Abror Ismoilov soʻnggi uchrashuvda haqiqiy matonat koʻrsatdi. Futbolchi ogʻir jarohat olganiga qaramay, jamoasi uchun maydonda oxirigacha kurashgan.
“Abror Ismoilovning qovurgʻasi singan ekan. Futbolchi 10 daqiqa davomida singan qovurgʻa bilan oʻyinni davom ettirgan.

Kechagi uchrashuvning 90-daqiqasida jamoamiz himoyachisi Abror Ismoilov raqib futbolchilari bilan toʻqnashuv oqibatida ogʻir jarohat oldi. Shunga qaramay, u qovurgʻasi singan holda yana 8–9 daqiqa davomida jamoaga yordam berishda davom etdi.
Uchrashuvdan soʻng oʻtkazilgan MRT va MSKT tekshiruvlari natijasida futbolchida chap tomondagi 10-qovurgʻa sinishi hamda chap tomonlama pnevmotoraks aniqlanib, u zudlik bilan shifoxonaga yotqizildi. Torakal jarrohlar tomonidan plevra boʻshligʻi drenaj qilinib, oʻpkadagi havo chiqarildi. Hozirda futbolchi shifokorlar nazoratida boʻlib, uni 1 oylik reabilitatsiya jarayoni kutmoqda”, – deyiladi ma'lumotda.
Manba: championat.asia
Izohlar 0