Fidbol.net

Gvardiola Ispaniya qanday qilib JChda gʻolib chiqishi mumkinligini tushuntirdi: “Hammasi yosh iqtidorlarga bogʻliq”

Tahririyat 2
Gvardiola Ispaniya qanday qilib JChda gʻolib chiqishi mumkinligini tushuntirdi: “Hammasi yosh iqtidorlarga bogʻliq”

“Jahon chempionatida men havas qiladigan juda koʻplab futbolchilar oʻynamoqda. Men har doim oʻzimga yoqadigan oʻyinchilari boʻlgan jamoalarni qoʻllab-quvvatlayman. Agar Argentina gʻalaba qozonsa, u erda men birga ishlagan futbolchilar bor va ular uchun xursand boʻlaman”, – dedi Gvardiola.

Ispaniya haqida gapirganda, Gvardiola Luis de la Fuente shogirdlari Jahon kubogini qoʻlga kiritishi mumkin boʻlgan bir nechta asosiy omillarni sanab oʻtdi:

“Hamma narsa yosh itqidorlarga hamda oʻyindan oʻyinga kuchayib borayotgan inson — Rodriga bogʻliq. Agar u markazda Pedri bilan birga oʻz oʻyinini koʻrsata olsa, Lamin Yamal esa aniq va samarali harakat qilsa, Ispaniya ustunlikka erishishi mumkin”.

Eslatib oʻtamiz, Jahon chempionatining finalida Ispaniya va Argentina terma jamoalari oʻzaro toʻqnashadi. Oʻyin 20 iyulga oʻtar kechasi boʻlib oʻtadi.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring