Fidbol.net

Gabriel Batistuta: "Messi raqamlar boʻyicha Maradonadan ancha ustun, ammo..."

Tahririyat 7
Gabriel Batistuta: "Messi raqamlar boʻyicha Maradonadan ancha ustun, ammo..."

– Sizdan doimo Messi va Maradona haqida soʻrashadi. Bu savollardan charchamadingizmi?

– Yoʻq, charchamadim, lekin ularning ma'nosini unchalik tushunmayman, chunki bular turli davrlar edi. Messi Diegodaga qaraganda ancha koʻp gol uradi. Diego pas berishni afzal koʻrardi va jamoa uchun koʻproq ishlardi. Messi – toʻpurar. U maydonda yuradi va hujum gol bilan yakunlanishi uchun hamma narsani qiladi. Diego esa boshqacha edi. Biz, argentinaliklar esa ikkovimiz ham boʻlganidan baxtiyormiz, lekin men tanlay olmasdim.

Raqamlar boʻyicha Messi Diegodadan ancha ustun. Lekin xarizma va tomoshaboplik haqida gapiradigan boʻlsak, menda shubhalar bor.

– Ammo mana bu jahon chempionati Messining ustunligini isbotlamayaptimi?

– Messi ancha toʻgʻriroq, intizomli odam. U yaxshi inson, yaxshi oilasi bor. Diego esa atrofida sodir boʻlayotgan hamma narsani shouga aylantirardi. Argentinaliklar uchun bahs hali ham teng – 50 ga 50. Biz Messining Maradonadan yaxshiroq yoki yomonroq ekanini hal qilish uchun uning jahon chempionatida gʻolib chiqishini kutmadik. Ularning ikkalasi ham doimo yonma-yon turgan, chunki ikkovi ham buyuk ishlar qilgan. Keyin esa bahslar boshlanadi: Messi buyuk jamoalarda oʻynagan, Diego esa koʻpincha deyarli yolgʻiz oʻzi tortib yurgan, shuning uchun munozaralar koʻp.

Yagona aniq narsa shuki: Maradona ungacha hech kim qilmagan ishlarni qilgan, hozir esa Messi ungacha hech kim qilmagan ishlarni qilmoqda.

– Diego haqida gapirib bering, siz u bilan yaxshi muloqot qilgansiz.

– Diego ajoyib inson edi. Uning yuragi katta edi. U hammaning – jamoadoshlari, klub xodimlari, har bir kishining yaxshi boʻlishi uchun oʻzida bor narsani berardi. Hammasi aynan shunday tugaganidan juda afsusdaman, chunki u ancha koʻproq yordamga loyiq edi. Toʻgʻri, u ba'zida koʻngilsizliklarga uchrardi, oxirida gapirayotgan gapini ham har doim tushunmasdi, lekin u yaxshi inson edi. Keyin esa, u hech kim yashamaydigan hayotni yashab oʻtdi.

Biz muammolar haqida oʻz tajribamizdan kelib chiqib mulohaza yuritamiz, lekin Diegoning hayoti oddiy emasdi. Biz uning oʻrnida tugʻilganimizda nima qilardik, tasavvur qilish juda qiyin. Allqachon 6-7 yoshida uning hamma narsasi bor edi. Hech kim unga "yoʻq" demasdi. Biz nima qilardik – bilmayman. Oʻylaymanki, oʻsha vaziyatda biz ham xuddi shunday qilgan boʻlardik, – dedi Batistuta.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring