Frantsiya terma jamoasining ikki futbolchisi Shvetsiyaga qarshi JCh 1/16 final oʻyinini oʻtkazib yuborishi mumkin
Bu haqda "L'Equipe" nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga koʻra, 28 yoshli forvard boldir mushagidan jarohat olgani sababli, katta ehtimol bilan Nyu-Yorkda shvedlarga qarshi kechadigan bahsni oʻtkazib yuboradi. Ta'kidlanishicha, u yakshanba, 28 iyun kuni jamoaviy mashgʻulotlarda qatnashmagan va velotrenajyorda individual tarzda shugʻullangan. Shu bilan birga, tizzasidagi muammolar tufayli ikki kun davomida umumiy guruhda mashq qilmagan 35 yoshli yarim himoyachi Kante, ehtimol, Frantsiya terma jamoasining oʻyin qaydnomasiga kiritiladi.
Bundan oldin Frantsiya terma jamoasi Norvegiya (4:1), Senegal (3:1) va Iroq (3:0) joy olgan guruhda birinchi oʻrinni egallagan edi. Shvetsiya esa oʻz kvartetida Tunisni tor-mor etib (5:1), Niderlandiyaga imkoniyatni boy bergan (1:5) va Yaponiya bilan durang oʻynagan (1:1) holda, uchinchi oʻrin bilan JCh pley-off bosqichiga yoʻl oldi.
Manba: championat.asia
Izohlar 0