Fidbol.net

Florentino Peres saylovda gʻalaba qozonsa, Joze Mourinyuni "Real" bosh murabbiyi etib tayinlashini tasdiqladi

Tahririyat 2
Florentino Peres saylovda gʻalaba qozonsa, Joze Mourinyuni "Real" bosh murabbiyi etib tayinlashini tasdiqladi

79 yoshli funktsionerning saylov shtabi "X" ijtimoiy tarmogʻida maxsus videolavha e'lon qildi.
Videoda portugaliyalik mutaxassis "Real" formasida koʻrinish berib, "Ha!" deb javob bergan hamda Peres uchun ovoz berishga chaqirgan.
"Real" prezidenti saylovlari 7 iyun kuni boʻlib oʻtadi.
Ikkinchi nomzod sifatida tadbirkor Enrike Rikelme ishtirok etmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Joze Mourinyu "Real"da 2010–2013 yillar davomida faoliyat yuritgan va ushbu davrda jamoa Ispaniya chempionati, Kubogi va Superkubogida zafar quchgan. Oʻtgan mavsumda esa madridliklar birorta ham sovrin yuta olmadi.

Manba: championat.asia

Jamoalar

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring