Fidbol.net

Figu FIFA haqida: "Infantino ketishi kerak"

Tahririyat 3
Figu FIFA haqida: "Infantino ketishi kerak"

Oʻtgan hafta FIFA jahon chempionati huquqlarini xususiy investorlarga sotish uchun yangi tijoriy tuzilma — FIFA Forward Enterprise (FFE) yaratmoqchi ekani ma'lum boʻlgan edi. Keyinchalik Infantino futbol konfederatsiyalari tanqidi va UEFAga a'zo davlatlar tomonidan JChni boykot qilish tahdidi fonvida bu gʻoyadan voz kechishga qaror qildi.

"Men FIFA muammolari haqida 10 000 soʻz yozishim mumkin edi. Lekin echim atigi uchta banddan iborat: Infantino ketishi kerak. Men butun hayotim davomida futbolni sevganman. Men 20 yil davomida professional oʻyinchi boʻlganman. Ishoning, kareram davomida koʻplab nopok odamlarni uchratganman. Lekin soʻnggi 10 kun ichida koʻrganim — bu men shu vaqtgacha kuzatgan eng past, eng yolgʻonchi va qoʻrqoqlarcha manfaatparast xatti-harakatdir. Bunday ishga qoʻl ura oladigan odam — faqat oʻzi va doʻstlarini boyitish maqsadida shunday ulkan oʻzgarishlarni oʻtkazishga urinayotgan shaxs futbolning oʻtmish sarqiti hisoblanadi va unga futbol kelajagida oʻrin yoʻq. Agar bu shunchalik yaxshi gʻoya boʻlsa, nega jahon chempionati finali oldidan bir xonaga toʻplanganingizda bu haqda tashkilotingiz a'zolariga gapirib bermadingiz? Agar bu shunchalik puxta oʻylangan reja boʻlgan boʻlsa, nega ularning xavflari hamda siz ustunlik deb atayotgan jihatlari haqida gapirib bermadingiz? Agar bu sxema aniq-ravshan boʻlganida, nega oxir-oqibat yiliga 30 million dollar maosh oladigan ishga ega boʻlishingizni ochiqchasiga aytmadingiz? Lekin bularning hech biri qilinmadi. Chunki bu yomon gʻoya. Xususiy investitsiya fondlari har doim intiladigan vayronkor foyda haqidagi ma'lumotlarni oshkor qilmasangiz, bu ishonchli gʻoya emas. Ulushingizni sotganingizdan keyin u butunlay yoʻqolib ketishini va vorislaringizni Jahon kubogiga egalik qilish huquqidan mahrum qilishingizni tushuntirmasangiz, bu jasur gʻoya emas. Va nihoyat, Jahon kubogini Vashingtondagi doʻstlaringizga likopchada tutqazganingizdan keyin ular sizga hozirgi maoshingizdan besh barobar koʻp daromad ta'minlaydigan ish berishini tilga olmasangiz, bu nohaqlikdir", – deb yozdi Figu oʻz kolonnasida.

Manba: championat.asia

Yana o'qing

Hammasi

Izohlar 0

?
Izoh qoldiring